Bosh sahifa / Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadbirlar / Yangiliklar / “Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning muhim burchimiz” mavzusida umumiy yig‘ilish

“Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning muhim burchimiz” mavzusida umumiy yig‘ilish

2024 yilning 19 yanvar sanasida Sanepidqo‘mitaning Navoiy viloyati boshqarmasi katta majliclar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning muhim burchimiz” mavzusida  umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i Zafar Azimov ochib berdi va korrupsiyaga qarshi kurashish, barcha sohalarda korrupsion omillarga chek qo‘yish, tibbiyot xodimlarining kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishlari to‘g‘risida, poraxo‘rlik illatlari yurtimiz rivojiga to‘siq bo‘luvchi eng katta xatarligini qayd etib, uni oldini olishning samarali usullaridan biri raqamli iqtisodiyotni joriy etish orqali inson omilini kamaytirib, adolatli, shaffof tizimni yaratish ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng epidemiologiya bo‘limi mutaxassisi Doston Hikmatov pora olish va pora berishda vositachilik qilish, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig‘i bilan porani bevosita berish ham jinoyat ekanligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish respublikamizda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurgan, korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda unga qarshi kurashish har birimizning muhim vazifamizdir.

Biz korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashmog‘imiz zarur.

 

19-01-2024, 21:37
← Ortga qaytish