Xodimlar uchun savollar

- Sovuqlik zanjiri deganda nimani tushunasiz
- Tabiiy-o‘choqli kasalliklarga qaysi kasalliklar kiradi.
- Fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash ishlarini olib borishda aholining qaysi qatlami jalb etiladi?
- Epidemiologik jarayon nima?
- Bezgakning eliminatsiyasi nima?
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati O‘zbekiston Respublikasining qaysi Qonun va qonun osti hujjatlariga asosan o‘z faoliyatini yuritadi?
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasining asosiy vazifalari, burchi va huquqi?
- Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi tо‘g‘risidagi qonun; aholiga sanitariya – epidemiologiya xizmati ko‘rsatishning asosiy prinsiplari?
- Sog‘liqni saqlash tizimi va uning tarkibi?
- Jamoat salomatligi, asosiy tushunchalar, jamoat salomatligini belgilovchi ko‘rsatkichlar va omillar?
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari?
- Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarga qaysi tashkilotlar kiradi?
- Salomatlikka qanday omillar ta’sir etadi?
- Kasallik-bu nima?
- Qaysi vitamin yetishmasligi raxitga olib keladi?
- Zararli odatlarga nimalar kiradi?
- Sterilizatsiyadan oldin barcha tibbiy buyumlar nima maqsadda tozalovdan o’tkazish zarur?
- Sterilizatsiya deganda nimani tushunasiz?
- Odamlar orasida yuqumli kasalliklarni keng tarqalishiga nimalar sabab bo’ladi?
- “Etika” so’zi qanday ma’noni bildiradi?
8-04-2025, 08:32
← Ortga qaytish