Navoiy viloyatida aholi o‘rtasida 2023 yil 4 oyi mobaynida o‘z vaqtida sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida ichterlama, paratif, kasalliklari qayd etilmagan. O‘tkir diareya kasalligi o‘tgan yilning shudavriga nisbatan 25,2 foizga kamayishiga erishilgan.
Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiningNavoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Rustamov “Viloyat aholisi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish va kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Viloyat aholisi o‘rtasida o‘tkir diareya kasalligining oldini olish va keskin kamaytirish maqsadida barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga qarashli markaziy poliklinikalar, oilaviy shifokor puntlari va oilaviy poliklinikalarda 1 maydan boshlab og‘izdan suyuqlik ichirish punktlari tashkil etilgan, – deydi B.Rustamov. – Bu punktlarning asosiy vazifasi oshqozon-ichak faoliyatining buzilishibelgilari va alimentar diareya kasalliklari alomatlari aniqlangan bemorlar 6 soat mobaynida yotqizilib, turli tuzli eritmalar yordamida dastlabki davolash ishlari amalga oshiriladi.
Bemorlarning sog‘ligi ijobiy tomonga yaxshilanganidan so‘ng uyiga javob beriladi va 3 kun mobaynida hududiy profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlari tomonidan patronaj ishlari olib boriladi.
Viloyat aholisi o‘rtasida virusli gepatit kasalligini oldini olish va kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida kasallikni kamayishiga erishildi.
Prezidentimizning 2022 yil 17 maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida aholi orasida virusli gepatitning V, S turlarini erta aniqlash va davolash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 25 ming dona ekspress testlar zahirasi tashkil etilgan. Surinkali jigar xastaliklari, surinkali gepotoxolitsistit kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar viloyatning barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalaridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, joylardagi davolash muassasalariga murojaat etib, davlat tomonidan bepul tekshirishlari mumkin.
Tekshirishlar natijalari bo‘yicha virusli gepatit S markerlari musbat natija aniqlangan bemorlar viloyat gepotomarkazida tegishli qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlari va vrachlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, davlat tomonidan bepul virusli gepatit S kasalligiga qarshi dori-darmonlar beriladi.
Shahar va tuman SEO va JS bo‘limlari tomonidan 7-10 yoshli bolalar o‘rtasida gijja kasalliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida 91 ming 835 dona albendazol dori vositasi tarqatilib, degelmintizatsiya tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek, matbuot anjumanida viloyatda aholi o‘rtasida quturish, kuydirgi, qora oqsoq, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalliklarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.