Bosh sahifa / Matbuot xizmati / Yangiliklar / Amaliy o‘quv seminarlari davom etmoqda!

Amaliy o‘quv seminarlari davom etmoqda!

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasi sanitariya-gigiena laboratoriyasi tashabbusi bilan   “Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida” seminar o‘tqazildi.

Seminarda Navoiy viloyat  boshqarmasi, shahar va tuman sanitariya-gigiena laboratoriyalari mutaxasisslari  ishtirok etishdi.

Viloyat sanitariya-gigiena laboratoriyasi mudiri B.Do‘stov seminar o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Vrach-laborant S.Eshmuradova shovqinning inson organizmiga ta’siri to‘g‘risida mavzuni ishtirokchilarga yoritib o‘tdi. 

Viloyat sanitariya-gigiena laboratoriyasi vrach-laborantlar va laborantlar tasliqlangan kun tartibi asosida laboratoriya tahlillarni ko‘rsatib berishdi.

Seminar davomida  sohaga oid berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi, o‘tkazilgan seminar bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.


Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasi AXBOROT XIZMATI


 

5-03-2024, 10:54
← Ortga qaytish