Bosh sahifa / Matbuot xizmati / Hamkorlikdagi o‘quv mashqi davom etmoqda!

Hamkorlikdagi o‘quv mashqi davom etmoqda!

Viloyatimizda bugungi kunda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Nurota tuman Nurfaxr mahallasida hamkor tashkilotlar hamkorligida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” tadbiri o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda sel, toshqin kabi tabiiy ofatlar sababli favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki ro‘y berganda  favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish  bo‘yicha o‘quv mashqini o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotida Nurota tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari faol ishtirok etishib, joylarda amaliy ishlarni bajarib o‘tishdi va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini hamda qanday harakat qilish kerakligini ko‘rsatib berishdi.

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi AXBOROT XIZMATI

  

5-04-2024, 17:15
← Ortga qaytish