Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi tizimidagi barcha xodimlar uchun "Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari" mavzusida maxsus oʻquv-kursi tashkil etilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatgan xodimlarga mazkur oʻquv kursida ishtirok etganligini tasdiqlovchi SERTIFIKAT taqdim etiladi.
Roʻyxatdan oʻtish va unda ishtirok etish, oʻquv-kursini yaxshi oʻzlashtirgan xodimlarning SERTIFIKAT bilan taqdirlanishi mutlaqo bepul.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi tarkibiga kiruvchi barcha muassasa xodimlari registrasiyadan o'tishi so'raladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mas'ul xodimlari tomonidan o'quv-kursi uchun registrasiyadan o'tish uchun quyidagilink orqali (2023 yilning3 iyul kuni roʻyxatdan oʻtishni soʻnggi muddati) maxsus oʻquv kursida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.
Avvalo https://new.proacademy.uz/listener/courses/4763 orqali saytga kiriladi.