Bosh sahifa / Ochiq ma’lumotlar / Interaktiv xizmatlar / Sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi

Sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi

O‘zbekistan Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi va uning tuman/shahar bo‘limlari tomonidan aholining va alohida shaxslarning sog‘ligi hamda kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigienik turlari va boshqa turlari, shuningdek loyiha hujjatlarining, texnik hujjatlarning hamda boshqa hujjatlarning, uskunalarning, asboblar hamda apparatlarning, kimyoviy moddalarning, turli birikmalarning, materiallar va muhitlarning, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining, sanoat buyumlarining, radioaktiv materiallarning, radiatsiyaviy texnikaning ekspertizalari davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablag‘lari hisobidan o‘tkaziladi.

Maxsus ekspertizalarni o‘tkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalarining hamda ekspertlarning huquqva majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.

Yangi oziq-ovqat qo‘shimchalarini, maxsus qo‘shiladigan biologik faol moddalarni, kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni toksikologiya-gigiena jihatidan baholash asosida ularning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi va ishlab chiqarilishi uchun ruxsatnomalar beradi hamda fuqarolarni gigienik o‘qitish va tarbiyalash ularning gigienaga, sog‘lom turmush tarziga, sog‘liqni saqlashga doir bilimlar, ko‘nikmalar hamda malakalarni egallashiga karatiladi va kasalliklarning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.

Fuqarolarni gigienik o‘qitish va tarbiyalash belgilangan tartibda:

·         ta’lim muassasalarida;

·         faoliyati oziq-ovqat xom ashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini va ichimlik suvini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish, bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash, aholiga kommunal va maishiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan kadrlarga ishlashga ijozat berish oldidan, ushbu kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish paytida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va tashqi iktisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan respublikaga import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlar, ularni ishlab chiqarish vositalari va xalqiste’moli mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”, “Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida”, “Aholining salomatligini muxofaza qilish to‘g‘risida”, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”, “Muvofiklikni baholash to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”, “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida ruxsat berish tartib- taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 131-sonli qarori, 2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimchachora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2021 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiklikni baholash ob’ektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 43-sonli qarori va Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 28 noyabrida 1525-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalqiste’moli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi to‘g‘risida”gi yuriqnomalar va boshqa texnik jihatdan tartibga solishsohasidagi normativ hujjatlardagi gigienik normalar va talablari asosida akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya majmualarida akkreditatsiya sohasiga muvofiqrasmiylashtirib beriladi.


23-08-2023, 12:08
← Ortga qaytish