Ich ketishi (diareya): kasalligidan saqlaning!

Diareya – bu oshqozon-ichak kasalliklarida eng ko‘p uchraydigan belgi hisoblanadi. Bir yoshdan katta bolalarda va kattalarda axlatning sutkasiga 3 martadan ko‘p kelishi va suyuq kelishi diareya kasalligi hisoblanadi.  Diareya kasalligida qorinda og‘riq va noxush his bilan birga kuzatilishi mumkin. Bir yoshgacha bo‘lgan ona suti bilan oziqlanadigan bolalarda odatda axlat kelishi necha mahal emizishga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ularda axlat kelish muddati va axlat konsistensiyasi odatdagidan o‘zgarishiga qarab diareya deb xulosa qilinadi. Shuni e’tiborga olish kerakki diareya bu – kasallik emas, balki kasallikning bir belgisidir. Qaysi kasallik sababli diareya kelib chiqqanligiga qarab ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tana haroratini ko‘tarilishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin.

Diareya sabablari

Kattalarda diareya kelib chiqishi sabablari juda ko‘p, lekin asosiy sabab infeksiyadir. Bu yerga iflos qo‘l diareyasi, sayyox diareyasi, o‘tkir respirator kasallikka bog‘liq diareyalarni qo‘shish mumkin. Diareyani davolashda odatda muammo bo‘lmaydi, bu albatta davo choralari va dori-darmonni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq.

Diareyani ko‘p uchrashi asosiy sabablaridan yana biri bakteriyalardir. Infeksion diareya uchun mavsumiylik xosdir. Kasallik avjiga chiqish oylari may-sentabr oylariga to‘g‘ri keladi. Bu yoz oylarida pishgan meva va sabzavotlarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilish, ochiq suv havzalarida cho‘milish shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmasligi orqali infeksiya yuqtirib olishga bog‘liq.

Diareya organizmga qanday xavf tug‘diradi?

Patogen mikroorganizmlar oshqozon-ichak yo‘liga tushgach tezda ko‘paya boshlaydi. Ular hayot faoliyati davomida ichak shilliq qavatini yallig‘lantiruvchi, suv va ozuqa moddalar so‘rilishiga to‘sqinlik qiluvchi zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Shuningdek, patogen mikroblar organizmda ichak sog‘ligini va mahalliy immunitetini ta’minlovchi, foydali bo‘lgan bakteriyalar (normal flora)ni kuchsizlanib ketishiga olib keladi. Bular kasallikni yanada og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun infeksion diareyada asosiy asoratlar quyidagilar:

Suvsizlanish;

Elektrolitlar yo‘qotilishi (tuzsizlanish);

O‘tkir ozuqa yetishmovchiligi;

Diareya bartaraf etilgandan keyin ichaklar normal funksiyasini buzilishi.

Epidemiologiyasi. Kasallik manbai – ushbu kasallikning o‘tkir davrida bemor, rekonvalessent yoki bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Kasallikning yuqumlilik davri 5-7 kunni tashkil etadi.

Yuqish mexanizmi - fekal–oral, ya’ni og‘iz orqalidir.

Yuqish omillari oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik maishiy buyumlar, bolalarni parvarish qilish vaqtida qo‘l maishiy va turmush buyumlari (onalar, bolalar muassasalari va shifoxona xodimlari qo‘llari) kiradi.

PROFILAKTIKASI

Ovqatdan oldin qo‘llarni sovunlab tozalab yuvish;

Qaynatilmagan suvni ichmaslik;

Eski va muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarni iste’mol qilmaslik;

Sabzavot va mevalarni iste’mol qilish va ovqatga ishlatishdan oldin tozalab issiq suvda yuvish;

Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish;

Ochiq suv havzalarida cho‘milmaslik.

Profilaktika  sifatida tabiiy sorbentlar, masalan, Filtrum preparatini kurs tariqasida qabul qilish mumkin. Shuningdek, uy dori qutisida ehtimoliy diareyadan himoyalanish sifatida, mazkur dori vositasini doim saqlash foydadan xoli emas. Salomatlik haqida vaqtincha qayg‘urib hamda shaxsiy gigiena talablariga doimo rioya etib, har qanday kishi turli noxush holatlar, masalan, diareyadan o‘zi va oila a’zolarini ishonchli himoya qila oladi.

Davolash

Bolalarda eng katta havf tug‘diruvchi asorat bu suv-elektrolit balansi buzilishidir. Suv-elektrolit balansi buzilishi natijasida barcha a’zo va to‘qimalar ishi buziladi. Shuning uchun bemorga elektrolitga boy suvni ko‘p miqdorda ichish tavsiya etiladi. Regidratatsion suyuqlik tayyorlash uchun kukunni dorixonadan sotib olish mumkin. Yoki uyda tayyorlash ham mumkin. Buning uchun qaynatilgan 1 litr suvga bir choy qoshiq tuz va 8 choy qoshiq shakar solib tayyorlanadi.  

Ichaklar faoliyatini buzilishini davolashda bir necha guruhga kiruvchi dori vositalari birga qo‘llaniladi.

Diareyani davolashda Ekobiotik juda yaxshi samara beradi. Ekobiotik tarkibida laktuloza va rux (sink) bor.

Laktuloza —  bu yaxshi o‘rganilgan prebiotiklik xususiyati kuchli moddadir. Laktuloza organizm uchun foydali bo‘lgan lakto- va bifidobakteriyalar rivojlanishi va ko‘payishini ta’minlaydi, ularga bevosita ozuqa modda bo‘lib xizmat qiladi va yashashi uchun qulay muhit yaratadi. Sog‘lom mikroflorani tiklanishi patogen bakteriyalar o‘sishini to‘xtatadi va ular ajratayotgan endotoksin miqdorini kamaytiradi. Normal mikroflora tiklanishi hisobiga har xil patogen mikroblardan himoya qiluvchi mahalliy immunitet mustahkamlanadi.

Sink (rux) esa bevosita bakteriostatik ta’sir qiladi. Ichak shilliq qavati regeneratsiyasini kuchaytiradi. Enterotsitlar kiprikchalarini aktivligini oshiradi.

Enterosorbentlar buyurilishi ham yaxshi samara beradi. Enterosorbentlar o‘ziga patogen bakteriyalar hayoti davomida hosil bo‘lgan toksinlar va gazlarni o‘ziga yutib bemor ahvoli yaxshilanishiga yordam beradi. 

Agar bemorda intoksikatsiya belgilar (isitma, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qayt qilish) kuchli bo‘lsa davoga qo‘shimcha antibiotiklar ham beriladi.

Agar, Sizda diareya alomatlari aniqlansa zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat eting?


 

Zulfizar Abdulloyeva

Epidemiolog vrach yordamchisi



 

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni