25 aprel - Butun Jahon bezgakka qarshi kurashish kuni

Bezgak kasalligi va undan qanday saqlanish mumkin!

Bezgak – plazmodiumlar qo‘zg‘atadigan, odamda qaltirash, tana haroratining ko‘tarilishi, kuchli terlash va jigar-taloqning kattalashishi hamda kamqonlik kabi belgilar bilan kechadigan transmissiv, o‘tkir yuqumli kasallikdir.

Bezgak– kasallik manbai: bezgak bilan og‘rigan bemor va kasallik tarqatuvchi bo‘lgan anofeles pashshalaridir.

Bezgakbilan og‘rigan odamni Anofeles pashshasi chaqqanida  qon bilan birga bezgak plazmodiyni so‘rib oladi va pashsha organizmida bir qator jarayonlardan (6-7kundan) so‘ng bezgak yuqtiradigan xususiyatga ega bo‘ladi.

Bizning iqlim sharoitimizda  bezgak yoz-kuz oylarida yuqishi mumkin. Bezgak odamga pashsha chaqqanidan tashqari, qon quyganda va homilador onadan bolaga yuqishi mumkin. Bezgakdan tuzalgan bemorda barqaror immunitet bo‘lmaydi.

Bezgak kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining 4 ta turi mavjud;

  • Uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi – P.vivax
  • Tropik bezgak qo‘zg‘atuvchisi- P.falciparum (eng og‘ir turi)
  • To‘rt  kunlik bezgak – P.Malaria
  • Uch kunlikka o‘xshash bezgak –P.ovale

O‘zbekiston  sharoitida bezgakning asosan  2 turi: Uch  kunlik  bezgak va tropik bezgak turi uchraydi. 

Kasallikni yashirin davrlari: uch  kunlik  bezgakda  - 10-12 kun, tropik  bezgakda -  6-7 kun, uch kunlikka o‘xshash bezgakda – 11 kun, to‘rt kunlik bezgakda – 25 kun bo‘ladi.

Bezgak kasalligining klinik belgilari ilk bor kasallangan odamda isitmali xurujlar bilan boshlanadi, bemorning boshi og‘rib, darmoni qo‘riydi, butun badani qaqshaydi. 3-4 kun o‘tgach, bezgakka xarakterli isitma xuruji boshlanadi. Bezgak xurujida 3 davr; et uvishib-qaltirash davri, isitma chiqish davri va terlash davrlariga ajratiladi. Xurujning qancha vaqt oralab qaytalanib borishi bezgakning turiga bog‘liq bo‘ladi. Bezgak shakliga ko‘ra, xurujlar 1 yoki 2 kunda takrorlanib turadi. Kasallikning ikkinchi haftasida jigar, taloq kattalashadi, eritrotsitlarning ko‘p miqdorda parchalanishi oqibatida kamqonlik avj oladi. Bezgak kasaligining eng xavfli turi tropik bezgak kasalligi hisoblanadi va o‘z vaqtida davo boshlanmasa 95 % holatda o‘lim bilan yakunlanadi.

Bezgak kasalligini oldini olish choralari

Muntazam isitmalab turadigan va jigar, taloqning kattalashishi, kamqonlik, sariqlik belgilari kuzatilgan shuningdek anamnezida bezgakga noxush davlatlarga borgan shaxslarni bezgak kasalligi bo‘yicha tibbiyot muassasalarining tegishli laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkazish zarur. 

Chivin chaqishidan himoyalanish maqsadida yashash xonalarining deraza, eshiklariga tur setkalar tutish hamda chivinlarni cho‘chitish maqsadida tanaga turli surtmalar (DETA, Komareks, dimetilftalat va b.) surtish kerak bo‘ladi. Xonalarga har xil cho‘chituvchi har xil raptorlar va pashshaxonalardan foydalanish mumkin.

Bezgak kasalligiga immunoprofilaktika o‘tkazilmaydi.

 

Nigora Egamberdiyeva

Navoiy viloyat SEO va JSB vrach laborant


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni