Bosh sahifa / Tadbirlar / Videolavhalar / Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

2026-yil 6-oktabrda Navoiy viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik sifatida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Tadbir energetika va kommunal xizmatlar obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlar holatini baholash maqsadida bo‘lib, unda Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdi. Mashq davomida mas’ul xizmatlarning avariya va texnogen ofatlarga tezkor javob berish, aholi salomatligini himoya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.

2026-yil 6 oktabr kuni Navoiy viloyatida 2026/2027 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, energetika va kommunal soha obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ular sodir bo‘lganda tezkor harakat qilishga tayyorgarlik holatini baholash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

O‘quv mashqi davomida elektr energiyasi, gaz, issiqlik ta’minoti va ichimlik suvi tizimlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xizmatlarning tayyorgarligi va o‘zaro hamkorligi sinovdan o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi hamda uning quyi tuzilmalaridan mas’ul xodimlar ham faol ishtirok etdilar. 

O‘quv mashqi jarayonida sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlar oqibatida aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olish, zarur holatlarda tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi va quyi tuzilmalaridan jalb etilgan mas’ullarning harakatlari D. Hikmatov tomonidan muvofiqlashtirib borildi. 

Maxsus-taktik o‘quv mashqi davomida mas’ul xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish hamda boshqa xizmatlar bilan hamkorlikda harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi. 

Bunday o‘quv mashqlari aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tezkor bartaraf etishga tayyorgarlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

6-10-2026, 21:31
← Ortga qaytish