Bosh sahifa / Yangiliklar / Sanitariya-epidemiologik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Sanitariya-epidemiologik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 11 iyun sanasida o‘tgan besh oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan boshqarmaning sanitariya-epidemiologik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i Z.Azimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha boshliq o‘rinbosarlari N.Husenov va Sh.Namozovlar hisobotlari tinglandi.

Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i Z.Azimov kengashning keyingi masalasiga kiritilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan xodimlarga korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, o‘z vakolatiga kirmaydigan ishlar, ya’ni sanitariya-gigiyenik va epidemiologik xulosalar, sertifikatlar va boshqa turdagi ruxsat beruvchi hujjatlarni fuqarolar bilan noo‘rin munosabatga kirishgan holatda, ta’magirlik va haq evaziga o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlagan holda hujjatlarni rasmiylashtirib bermasliklari to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

 


 

11-06-2024, 15:30
← Ortga qaytish