Assalomu alaykum.
Hurmatli soha xodimlari va fuqarolar!
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tub mohiyati "Inson qadri uchun" tamoyiliga asoslangan bo‘lib, davlat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida ochiqlik, shaffoflik va adolatni ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek;
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdiddir. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish – amalga oshirilayotgan islohotlarimizga xiyonatdir!”
2026-yilda ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qilinishi, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish har qachongidan ham dolzarb ekanligini hamda davlatimiz rahbarining bu boradagi qat’iy siyosiy irodasini yaqqol namoyon etadi".
Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati eng kuchli vositadir.
Sanitariya-epidemiologiya sohasida xizmat ko‘rsatish jarayonida qonunbuzarliklar, noqonuniy to‘lovlar yoki boshqa korrupsion holatlarga duch kelsangiz, jim turmang.
Sizning fikringiz – biz uchun muhim.
Tashkilot faoliyatda yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda shaffoflik va raqamli boshqaruvga o‘tilishi, sohada korrupsion xavflarni tubdan qisqartirishga va inson omilini cheklashga xizmat qilmoqda.
Biz sizni har qanday korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda, qonuniy choralar ko‘rish uchun murojaat qilishga chaqiramiz.
Sanitariya-epidemiologiya sohasi mutaxassislari zimmangizdagi mas’uliyat – xalqimiz salomatligini asrash va sanitariya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishdir.
Yodingizda tuting, birgina korrupsion hatti-harakat nafaqat kasb etikasi, balki qonun oldidagi javobgarlikka, eng yomoni — aholi salomatligiga jiddiy xavf soladi.
O‘z xizmatingizni halol bajarish, xolislik va professionalizm — jamiyat oldidagi burchingizdir.
Hurmatli soha mutaxassislari hamda viloyatimiz aholisi!
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari “Ishonch telefonlari” orqali qabul qilish haftaning dam olish kunlaridan (shanba va yakshanba) tashqari har kuni soat 8:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.
Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi hamda qonunchilikka asosan ko‘rib chiqiladi.
Murojaatlar anonimligi va qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyat boshqarmasi bilan bog‘lanish:
Ishonch telefoni: 79-2203015
Qo‘shimcha ravishda (1354)
Veb sayt – http://sanepidnavoiy.uz
Telegram - https://t.me/sanepid_navoiy
Sanitariya-epidemiologiya sohasida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishida, jamiyatda ushbu illatga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishda barchangizni hamkorlikka chaqiramiz!