Bosh sahifa / Yangiliklar / 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni!

1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni!

Aziz ustozlar!

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi ma’muriyati barcha ustozlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — «Ustoz va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Siz aziz ustozlarning yurtimiz tinchligi, farovonligi va taraqqiyoti yo‘lida tutgan o‘rningiz beqiyos.

Ushbu fayzli onlarda, o‘z kasbining fidoiysi bo‘lgan Siz ustozlarga sharafli faoliyatingizda omad va muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik tilaymiz. Hamisha dasturxoningiz to‘kin, ro‘zg‘oringiz but va barakali, umringiz uzoq bo‘lishini so‘rab qolamiz!

Yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berishdek fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin, aziz ustozlar!

30-09-2023, 15:58
← Ortga qaytish