Bosh sahifa / Yangiliklar / Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadbirlar / 2023 yil III chorak yakunlari bo‘yicha hay’at yig‘ilishi

2023 yil III chorak yakunlari bo‘yicha hay’at yig‘ilishi

Joriy yilning 25 oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023 yil III chorak yakunlari bo‘yicha hay’at yig‘ilishi videokonferensiya aloqa formatida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Sanepidqo‘mita raisi Bahodir Yusupaliev o‘tkazdi.

Kun tartibiga kiritilgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda hududiy boshqarmalari va bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarini tashkil etish holati hamda ular tomognidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida Sanepidqo‘mita raisi o‘rinbosari Botir Kurbanov tavsiyalar berdi.

Hay’at yig‘ilishiga Sanepidqo‘mitaning Navoiy viloyati boshqarmasi hamda tuman/shahar bo‘lim boshliqlari va soha mutaxassislari boshqarma studiyasidan ishtirok etishdi.

 

25-10-2023, 22:22
← Ortga qaytish