Joriy yilning 6 noyabr kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Navoiy viloyati boshqarmasining yig‘ilishi videokonferensaloqa (VKS) formatida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishda Joriy yilda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, Qo‘mita tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nazarbek Husenov ochib berdi.
Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi bosh mutaxassisi Zarifa Boboyevaning viloyatda Sanepidqo‘mita tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar, tuman/shahar bo‘limlari tomonidan 2024 yil 3 chorak hisobotlarini topshirishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, qo‘mitaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Elmurod Danayev Navoiy viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan rahbarlar tomonidan har chorakda kamida bir marotaba OAVda (video) murojaatlarini e’lon qilib borish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan maxsus o‘quv-kurslarida ishtirok etish, shu bilan birgalikda, o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar, tarqatma va ko‘rgazmali materiallar tayyorlanib, muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarga joylashtirib borish, ishga yangi qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan profilaktik davra-suhbatlarini o‘tkazilishi muntazam ravishda tashkil etib borish topshiriqlari berildi.
Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim tuman/shahar bo‘limlari rahbarlariga ogohlantirish berildi.
Yig‘ilishga Sanepidqo‘mitaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi, boshqarma va tuman/shahar bo‘limlari mutaxassislari ishtirok etishdi.
