2025-yil 7-fevralda Sanepidqo‘mning Navoiy viloyati boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ-931-son «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nazarbek Husenov ochib berdi.
2024 yil 6 dekabrda kuchga kirgan «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega. Uning qabul qilinishi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, korrupsiya kabi salbiy holatlarni bartaraf etishda sezilarli o‘rin egallaydi.
Qonunga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi tomonidan mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etish orqali amalga oshirilishi, Davlat organiga yoki boshqa tashkilotga ishga qabul qilinayotgan nomzod, shuningdek, boshqa ishga o‘tkazilgan xodim ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi deklaratsiyani to‘ldirishi va taqdim etishi kerakligi tushuntirib o‘tildi.
📚Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida
➡ 🖊O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.06.2024 yildagi O‘RQ-931-son
