Bosh sahifa / Maqolalar / Yangiliklar / Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida mavsum oldi va mavsumda sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar

Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida mavsum oldi va mavsumda sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar

Joriy sog‘lomlashtirish mavsum tugatilishi bilan kuzda mahalliy hokimiyat, viloyat kasaba uyushmalari Kengashiga hamda oromgohlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni va mavjud muammolarni bartaraf etish to‘g‘risida sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi (keyingi o‘rinlarda Sanepidqo'mita deb yuritiladi) tomonidan sanitariya-gigiyena talabi kiritiladi.

Sog‘lomlashtirish mavsumining mart oyida o‘tgan yilning kuzida kiritilgan talabnoma asosida, oromgohlarni mavsumga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi asosida bajarilgan ishlarning ijrosi ustidan nazoratni o‘rnatadi.

Viloyat, shahar, tuman Sanepidqo'mita mutaxasisslari tomonidan oromgohlarni mavsumga tayyorlash vaqtida statsionar va kunduzgi oromgohlar rahbarlari, oshpazlar va tibbiy xodimlari uchun amaldagi sanitariya qoida va me’yorlar talablari tushuntiriladi.

Oromgohlarga biriktirilgan tibbiy xodimlariga hududlarda  tashkil etilgan seminarlarda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida tushuntiriladi va bu to‘g‘risida eslatmalar tarqatiladi.

Oromgohga boradigan bolalarni oilaviy poliklinika hamda QVPlarda tibbiy ko‘rikdan SSVning buyrug‘iga muvofiq o‘tkazilishi talab qilinadi.

Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida oromgohlarga olib boriladigan yo‘llarni va yo'laklarini ta’mirlanganligi ko‘rib chiqiladi va xulosa tayyorlanadi.

Oromgohning atrofini to‘liq o‘ralganligi tekshiriladi. 

Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun maxsus transport ajratilganligi, mahsulotlarni ta’minlovchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarni mavjudligi, mahsulotlarni sifat va xavfsizligini kafolatlovchi sertifikatlargaega bo‘lishi talab qilinadi.

Oromgohni ichimlik suvi tizimi, kanalizatsiya quvurlari sozligini «Suvoqava» tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda hatlovdan o‘tkazish, ta’mirlash, tarmoq trubalarini yuvish va zararsizlantirish ishlari ustidan nazorat o‘rnatish, suv ta’minoti uchun oromgoh rahbarining buyrug‘i bilan ma’sul xodimni biriktirish talab etiladi. 

Bolalarni qabul qilish uchun tayyor bo‘lgan oromgohda dalolatnoma tuzib hududiy komissiyaga topshiriladi.

Oromgohning faoliyatini boshlashidan oldin va har smenadan avval ichimlik suvi tarmog‘idan kimyoviy va bakteriologik tahlillari uchun namunalar olib tekshiriladi.

Binolarni ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish ishlarini sifatli olib borilishi nazorat qilinadi.

Oromgoh hududida to‘plangan qattiq chiqindilarni saqlanishi uchun betonlangan maydonchalar, konteynerni mavjudligi va chiqindilarni vaqtida olib ketilishi nazorat qilinadi.

Oshxonadagi ovkatlanish stol-stullari, idishlarning bolalar soniga mos kelishi, oziq-ovkatlarga ishlov berish joylarining mavjudligi, stollar usti zanglamaydigan po‘lat yoki dyuralyumin qoplamalar bilan qoplanganligi, ularning soni amaldagi talablarga mos kelishi, oshxona jihozlarining yetarliligi va sozligi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun sharoit yaratilganligi nazoratga olinadi.

Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun sovutgichlar bilan yetarli miqdorda ta’minlanganligi, tayyor ovqatlarni ma’lum haroratda  saqlash uchun marmitlarni mavjudligi tekshiriladi.

Idishlarni yuvish uchun yaratilgan sharoit: 1-2-ovqat idishlarini  yuvish uchun 3 ta chanoq, 3-ovqat idishini yuvish uchun 2 ta chanoq hamda oshxona jihozlarni yuvish uchun vanna alohida bo‘lishi talab etiladi. Yuvilgan qoshiq va vilkalarni temir patnosga joylashtirilib,  duxovkada 5-7 daqiqa davomida qizdirilib, zararsizlantirilishi uchun sharoit yaratilganligi nazorat kilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2013 yil 16 oktabrdagi 351-sonli "Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi buyrug‘i asosida xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi tekshiriladi.

Tibbiy xonalarni amaldagi sanitariya qoida va me’yorlar talablari asosida dori-darmon, ilon va qoraqurt zahariga qarshi zardoblar bilan  ta’minlanganligini va ularni talabga mos sharoitida (muzlatgichda) saqlanishi ustidan nazorat tashkil etiladi.

Oromgoh hojatxonalarining ura va ochkolarining tozalaganligi, tamirlaganligi va zarasizlatirilganligi, dezinfeksiya moddalarining 1 oylik zahirasi mavjudligi tekshiriladi.

Dushxonalardagi santexnika jihozlarini sozligi, ularni bolalar soniga mosligi, kiyim uchun ilgaklar, jihozlar, polga to‘shaladigan rezina gilamchalar mavjudligi, issiq suv bilan ta’minlanganligi tekshiriladi.

 Yotoqxona oldida bolalarni qo‘l-oyoq yuvishlari uchun sharoitlar yaratilishi talab etiladi.

Bolalarni shaxsiy kiyimlarini saqlash uchun har bir otryadda alohida xonani mavjudligi tekshiriladi.

Bolalarni ichki kiyimlarini yuvish uchun hamda qiz bolalar uchun alohida gigiena xonasini tashkil etilishi (unitaz, bide, qo‘l yuvgich) talab kilinadi.

Oromgohning cho‘milish havzasi ta’mirlanganligi, xonalari to‘liq jihozlanganligi, suvni zararsizlantirilishi va laboratoriya nazorati tashkil etiladi.

Yotoqxonadagi yumshoq inventarlar va oqliklarni o‘z vaktida yuvilishi hamda almashtirilishi nazoratga olinadi.

Har smenada oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlangan taomlardan kimyoviy va bakteriologik tekshiruvlari hamda to‘yimliligi (kaloriynost) bo‘yicha  namunalar olib tekshiriladi.

Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi va tibbiy daftarchalarni  bo‘lishi talab kilinadi.

Profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari ustidan nazorat olib boriladi, tuzilgan  shartnomalarni mavjudligi tekshiriladi.

Oromgohlarda har smenalar orasidagi tozalash ishlari uchun (3 kundan kam bo‘lmagan)  grafiklar oromgoh rahbariga tayorlatib, tasdiqlanishi talab qilinadi.

Maktablar qoshida ochilishi rejalashtirilayotgan kunduzgi oromgohlarni dislokatsiyaga kiritilishi va mavsumga tayyorlashda amaldagi 0026-22 sonli sanitariya qoida va me’yorlari talablari asosida tashkil kilinishi talab etiladi.


 Xudoyberdiyeva Oyxon Boboqulovna

Navoiy viloyat boshqarmasi

Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘lim mudiri


14-05-2024, 21:22
← Ortga qaytish