Bosh sahifa / Maqolalar / Yangiliklar / Bolalar o’rtasida ovqatdan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha eslatma

Bolalar o’rtasida ovqatdan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha eslatma

Ovqatdan zaharlanish – bu buzilgan mahsulotlarni isteʼmol qilinishi natijasida hazm qilishning buzilishi bilan kechadigan holatdir. Bolalarda ovqatdan zaharlanishning asosiy sababchisi – shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik.

Ovqatdan zaharlanish quyidagi xollarda vujudga kelishi mumkin:

-  Isteʼmolga yaroqsiz mevalarni isteʼmol qilish;

-  Yuvilmagan meva va sabzavotlarni isteʼmol qilish;

-  Iflos qo‘llarni va yerdan biron-bir narsani olib og‘izga solish;

-  Cho‘milish vaqtida ochiq suv havzalaridagi iflos suv ichish;

-  Bemor inson bilan muloqotda bo‘lganda zararlanishi;

Ovqatdan zaharlanishning belgilari:

-  Holsizlik;

-  Darmonsizlik;

-  Bosh aylanishi;

-  Qorin sohasida og‘riq;

-  Ishtahaning yuqolishi;

-  Ich ketish;

-  Og‘iz qurishi;

-  Ko‘ngil aynishi;

-  Harorat ko‘tarilishi;

-  Qayt qilish;

-  Ichning suyuq ketishi (shilimshiqli, qonli va ko‘kimtir);

Yuqoridagi belgilar kuzatilganda, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!

Kerakli maslahatlar:

-  Bola ovqatdan zaharlanganda, zudlik bilan shifokorni uyga chaqiring.

-  Shifokor ovqatdan zaharlanish sabablarini aniqlab, davolash uchun kerakli maslahatlarni beradi.

-  Shifokor kelganga qadar ko‘proq suyuqlik (qaynatilgan suv, ko‘k choy va gazlanmagan suv) ichiring.

Ovqatdan zaharlanishni oldini olish maqsadida bolaga quyidagi ko‘nikmalarni o‘rgatish kerak:

-  Qo‘llarni hojatdan oldin va keyin, ko‘chadan kelgandan so‘ng, ovqatlanishdan oldin va o‘yinchoqlarni o‘ynagandan so‘ng, qo‘llarni sovunlab yuvish;

-  Birovning ovqatini, suvini hamda bir idish va butilkada isteʼmol qilmaslik;

-  Uysiz va begona hayvonlarni silamaslik hamda ovqatlantirmaslik;

-  Oshxonalar tozaligiga eʼtibor berish;

-  Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;

-  Tez buziladigan mahsulotlarni muzlatgichda saqlash;

-  Axlat soladigan idishda ustini yopiq ushlash;

-  Mahsulotlarni isteʼmol qilishdan oldin oqar suvda yuvish va zararsizlantirish;

-  Qaynatilgan suvdan foydalanish;

-  Meva va sabzavotlarni isteʼmol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;

-  Ovqatlarni ustini yopiq xolda saqlash;

Mahsulotlarni isteʼmol qilishdan oldin sanasiga eʼtibor berish.

Esda tuting!

Ovqatdan zaharlanish – bu kasallik va uni oldini olish mumkin.

 

Elbek Boyirov

Navoiy viloyati boshqarmasi 

Bolalar va o’smirlar gigiyenasi

bo’limi sanitariya vrachi

15-05-2024, 19:39
← Ortga qaytish