Bosh sahifa / Ochiq ma’lumotlar / Maqolalar / NUROTADA DERATIZATSIYA ISHLARI OLIB BORILMOQDA

NUROTADA DERATIZATSIYA ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Leyshmanioz — odam va hayvonlarda uchraydigan kasallik. Leyshmaniyalar qoʻzgʻatadi va iskabtoparlar orqali yuqadi. Infeksiya manbai kemiruvchilar hisoblanadi. Teri leyshmaniozi va ichki aʼzolar visseral leyshmaniozi farq qilinadi.

Visseral leyshmanioz "kalaazar" deb ham yuritiladi. Kasallikning bu turi bilan koʻproq bolalar kasallanadi (birinchi boʻlib kasallik qoʻzgʻatuvchisini topgan ingliz vrachi U.Leyshman nomidan olingan).

U surunkali kechadi, ichki aʼzolar jiddiy zararlanadi; dam-badam isitma xuruj qilishi, jigar va taloqning nihoyatda kattalashuvi, anemiya va juda oriqlab ketish kasallikka xos alomatlardir. Koʻpincha, oʻlim hollari kuzatiladi. Davolash uchun tarkibida surma bor preparatlar (solyusurmin, stibanol, neostibodan va boshqalar) qoʻllanadi. Oldini olish iskabtopar va kemiruvchilarni qirishdan iborat. Shaxsiy himoya vositasi — repellentlardan foydalaniladi.

Nurota tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi Parazitologiya va entemologiya bo’limi mutaxassislari tomonidan ish rejaga asosan hamda "Leyshmanioz" kasalligi profilaktikasi bo‘yisha Nurota shahridagi "OQMACHIT" MFY da joylashgan “NUROTA 1” qabristonida hamda  “NUROTA 2” qabristonlari  hududida 2-tur deratizatsiya va dezinseksiya tadbirlari o‘tkazildi.

16-07-2024, 10:27
← Ortga qaytish