Bosh sahifa / Maqolalar / Yangiliklar / MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI

MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI

Qanday soha boʻlmasin, uning rivojiga fidoiy, bilimdon, tajribali va sobitqadam xodimlar oʻz hissasini qoʻshadi. Kuch-gʻayrati, imkoniyatlarini toʻla safarbar etgan kadrlargina muvaffaqiyatga erishadi. Yosh boʻlishiga qaramasdan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida Immunologiya boʻlimini boshqarayotgan Doston Sayfulloyev va uning hamkasbi, vrach-epidemiolog Charos Xidirovalar Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B.Yusupaliyev tomonidan Mustaqillikning 33 yilligi hamda aholi orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish borasidagi xizmatlari uchun “TASHAKKURNOMA” bilan taqdirlandi.


  

6-09-2024, 22:05
← Ortga qaytish