Bosh sahifa / Maqolalar / Yangiliklar / XALQIMIZ BUGUNIDAN ROZI BO‘LSIN!

XALQIMIZ BUGUNIDAN ROZI BO‘LSIN!

Davlat mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida aholiga arzon, sifatli, hamyonbop oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish kun tartibidagi muhim masala. Bozorlar, savdo nuqtalarida savdoga chiqarilgan mahsulotlarning organoleptik (hidi, ta’mi, mazasi) xususiyatlari o‘zgarmasligi nazorat qiluvchi organlar tomonidan kunlik monitoring qilib borilyapti.

Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Zafar Azimov tegishli mas’ullar hamrohligida Navoiy shahridagi “SAXOVAT BOZORI” mas’uliyati cheklangan jamiyati rastalarini ko‘zdan kechirdi. 

Bozor ma’muriyati hamda Navoiy shahar bo‘limi rahbariyatiga oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qator tavsiya va topshiriqlar berildi. Z.Azimov shu yerning o‘zida tadbirkorlik subyektlari, xaridorlar bilan suhbat qilib, ularning fikr hamda takliflarini o‘rgandi.

 

30-08-2024, 22:26
← Ortga qaytish