Bosh sahifa / Maqolalar / Yangiliklar / USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

Dunyoda global tus olayotgan va jahon afkor ommasini tashvishga solayotgan xavfli yuqumli kasalliklar oldini olish, ularning profilaktikasi, vaksinatsiyasi keng masshtabda kun tartibiga chiqmoqda. Chegara bilmaydigan bu kabi kasalliklar klinikasi, belgilari toʻgʻrisida boshlangʻich maʼlumotlarga ega boʻlish hayotiy zaruratga aylanmoqda.

Navoiy viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshligʻi Zafar Azimov viloyatda sanitar barqarorlikni ushlab turish, yuqumli kasalliklar profilaktikasini namunali tashkil etish, emlash tadbirlarini samarali oʻtkazish borasida masʼullarga aniq topshiriqlar, kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarni belgilab berdi. Zero, “Kasalni davolagandan koʻra, uning oldini olgan yaxshi!”.

 

16-09-2024, 13:07
← Ortga qaytish