Bosh sahifa / Ochiq ma’lumotlar / Maqolalar / Vaksinalarni saqlashda alohida qatʼiy tartib, sovuqlik zanjiri zarur

Vaksinalarni saqlashda alohida qatʼiy tartib, sovuqlik zanjiri zarur

Vaksinalarni tashib keltirish, omborxonalarda saqlash, emlash punktlariga yetkazib berishda oʻta xushyorlik, qoidalarga rioya etish talab qilinadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qomitasining Navoiy viloyat  boshqarmasi xodimlari Nurota tuman boʻlimi vaksinalar saqlash omborxonasida bakteriologik preparatlarning saqlanishi, VLMIS - elektron dasturi asosida vaksinalarni qabul qilib olish, emlash punktlariga yuborish, oylik emlash rejalari bajarilishini hisobotlar orqali tahlil qilishdi va zarur tavsiyalar berildi.

 

20-09-2024, 15:12
← Ortga qaytish