Qizamiq – havo-tomchi yo’li orqali yuqadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy toksikoz, tana haroratining ko‘tarilishi, nafas yo‘llari yallig‘lanishi va terida o‘ziga xos bosqichma-bosqich, dog‘li-papulyoz toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi.
Qizamiqning etiologiyasi - Qizamiq virusi – Rolyinosa morbiliorum – katta miksoviruslar oilasiga mansub, virus genomi bir zanjirli RNKdan iborat.
Qizamiq epidemiologiyasi - Infeksiya manbai – bemor.
Yuqish yo‘li faqat havo-tomchi – bemor yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda viruslar tashqi muhitga chiqishi va havo oqimi bilan uzoq masofalarga tarqalishi mumkin.
Qizamiq bilan og‘rigan bemor 6-8-10 kun davomida zararli (yuqumli) hisoblanadi: (inkubatsion davrini oxirgi kunlari, ayniqsa prodromal va toshma toshish davrlari o‘ta xavfli hisoblanadi).
Virusni qondan, tomoq-burun yuvindilaridan kasallikning kataral va toshmali davrning dastlabki kunlarda ajratish mumkin. Bu muddat zararli davriga to‘g‘ri keladi.
Bola tug‘ilgandan 6 oy muddatgacha qizamiqbilan og‘rimasligi mumkin, onasidan o‘tgan passiv immunitet hisobiga.
3-chi oyidan boshlab tug‘ma immunitet pasayadi va 9-oyligidan so‘ng bola qizamiqni yuqtirishga moyil bo‘lib qoladi.
Agar onasi qizamiq bilan og‘rimagan bo‘lsa yoki emlanmagan bo‘lsa tug‘ilganidan boshlab moyil bo‘lib qoladi. Ammo bolalarda birinchi yarim yoki bir yoshgacha tug‘ma immunitet mavjudligi tufayli ular qizamiq bilan kam kasallanishadi. Agarda homiladorlik davrida ona qizamiq bilan og‘risa bola tug‘ma qizamiq bilan tug‘ilishi mumkin. Qizamiq 1 yoshgacha va qisman 2 yoshgacha bolalarda o‘ziga xos og‘ir o‘tadi, asoratlar ko‘p bo‘ladi va ularda o‘lim ham ko‘proq kuzatiladi (90% gacha).
Bu kasallikka mavsumiylik ham mansub ko‘proq yilning sovuq oylarida (qish-kuz) ko‘proq kuzatiladi.
Qizamiq bilan og‘rigan bemorda turg‘un immunitet hosil bo‘ladi va u bir umr saqlanadi.
Patogenezi: 1. Zararlanish fazasi. Yuqori nafas yo‘llari shilliq qavati va ko‘z shilliq pardasi viruslar uchun kirish darvozasi hisoblanadi.
2. Birlamchi virusemiya fazasi. Limfotsitar tizimni umumiy zararlanishi. Burun, halqum shilliq qavati orqali virus qonga o‘tadi va uni kasallikning yashirin davrini 1-chi kunlarida aniqlashimiz mumkin. Virusning hamma a’zolar va tizimlarga tarqalishi, limfa va retikulogistiotsitar to’qimalarga kirishi, u yerda ko‘payib, gigant ko‘p yadrolik hujayralar hosil qilishi.
Ikkilamchi virusemiya va allergik reaksiyalar fazasi. Qonda virusning maksimal darajada ko‘payishi kataral davrning oxiri va toshma toshish davrining 1-chi kunlarida kuzatiladi. Bu kunlarda virus ko‘p miqdorda yuqori nafas yo‘llarida saqlanadi.
Qizamiqning I. tipik formalari:
Yengil kechishi.
O‘rta og‘ir kechishi.
Og‘ir kechishi.
II. Qizamiqning atipik formalari:
a) emlanganlardagi qizamiq
b) yosh bolalardagi qizamiq
v) boshqa infeksiyalar bilan birgalikdagi qizamiq
g) kattalardagi qizamiq
Klinikasi - Qizamiqning klinikasi 4 ta davrdan iborat:
Inkubatsion davri o‘rtacha – 9-11 kundan iborat.
Kataral davr – 3-4 kun davom etadi, 5-7 kungacha cho’zilishi mumkin yoki qisqarishi ham mumkin.
Toshma davri – 3-4 kun davom etadi.
Pigmentatsiya davri – 2-4 haftagacha yoki undan uzoqroqham davom etishi mumkin.
Qizamiqning asoratlari -rivojlanish muddatiga ko‘ra – erta (kataral va toshma davrida) kechki (pigmentatsiya davrida rivojlangan) asoratlar.
Pnevmoniyalar, laringitlar, bronxitlar, plevritlar.
Stomatitlar, enteritlar, kolitlar.
Meningitlar, ensefalitlar, psixozlar.
Kon’yunktivitlar, blefaritlar.
Tashhisot uslublari - 1. Klinik-epidemiologik usullar.
2. Laborator usullar (umumiy qon va siydik analizi, virusologik, serologik tekshiruvlar).
Qizamiqni davolash -Isitma davrida yotoq tartibi
Qizamiq bilan og‘rigan bemor parvarishi: badan, yuz, ko‘llar gigiyenasi; og‘iz bo‘shligi burun va ko‘zlarning parvarishi.
Ovqatlanishi – sut va o‘simlik moyili parhez, ko‘p suyuqlik ichish.
Simptomatik terapiya.
Asoratlarni oldini olish va davolash uchun antibiotiklar.
Vitaminoterapiya.
Kasalxonaga yotqizish uchun ko‘rsatmalar: kasallikning og‘ir va asoratli shakllarida, 2 yoshgacha bo‘lgan bemorlar, epidemiologik vaziyat.
Qizamiqprofilaktikasi -Tirik qizamiq vaksinasi bilan faol emlash o‘tkazish. Vaksinatsiya sxemasi – 12 oy va 6 yosh.
Passiv immunizatsiya – qizamiqqa qarshi donor immunoglobulini, muloqotning 3-5 kuni yuboriladi.
Umumiy epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar – toshma toshgandan to 5-kunigacha, asoratlar bo‘lganda esa 10 kungacha bemorni izolyatsiya qilish.
Xonalarni 30-45 min davomida shamollatish.
Xonalarni kvarslash.
Bolalar muassasalarida 21 kunlik karantin e’lon kilinadi.
Nuriya Idiyeva
epidemiolog vrach yordamchisi