Virusologik laboratoriyalarda viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar (gripp, poliomiyelit, qizamiq va boshqalar) xlamidiya (ornitoz va boshqalar) va rikketsiyalar chaqiruvchi kasalliklarga (toshmali tif, KU–isitmasi va boshqalar) tashhis qoʻyiladi.
Virusologik laboratoriyalarni tashkil etish va jihozlashda viruslar, hujayra kulturalari, tovuq embrionlari va laboratoriya hayvonlari bilan ishlash uchun maxsus bokslar koʻzda tutiladi va juda qattiq aseptik sharoitlar talab etilishi hisobga olinadi.