Bosh sahifa / Maqolalar / Yangiliklar / TOZA QO‘LLAR – SALOMATLIKKA YO‘LLAR!

TOZA QO‘LLAR – SALOMATLIKKA YO‘LLAR!

Kun davomida kishi havo orqali va muloqotda qanchadan-qancha mikroblarga duch keladi. Ularning ko‘p qismi avvalo qo‘llarda bo‘ladi. Shuning uchun qo‘lni doim sovunlab yuvish lozim. 

Qo‘llar qo‘yidagi holatlarda albatta yuvilishi shart: 
 • ko‘chadan uyga kirgach; 
 • ovqat tayyorlashdan va iste’mol qilishdan oldin; 
 • hojatxonadan chiqqach; 
 • uydagi boshqa yumushlarni bajargandan so‘ng. 
Buni unutmang! Toza bo‘lmagan qo‘llar yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Shu sabab: 
 • yuvilmagan qo‘llar bilan og‘iz, burun ko‘zga tegmaslik; 
 • odamlar gavjum joylarda jihozlar va buyumlar yuzalariga (sirtlariga) teginmaslik; 
 • suv va sovundan foydalanish imkoniyati yo‘q bo‘lgan sharoitda gigiyenik nam salfetkalar va antiseptik vositalardan foydalanish. 
Hurmatli ota-onalar,farzandlaringizni bolalikdan qo‘lni sovunlab yuvishga o‘rgatib boring, sharoit yarating va o‘zingiz namuna bo‘ling!

5-08-2025, 11:31
← Ortga qaytish