Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Azimov Zafar Sayfiddinovichning bayram tabrigi
Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan soha vakillari nomidan tabriklayman!
1-sentabr – xalqimizga yangi davrni boshlab bergan buyuk sana sifatida millat tarixida o‘zgacha sahifani ochgan.
Ko‘p millatli mamlakatimiz Yangi O‘zbekistonning yangicha tarixini yaratishda bahamjihat bo‘lib, kuch-g‘ayratini, barcha imkoniyatni ishga solib harakat qilmoqda. Bu yo‘lda ko‘p sonli sanitariya tizimi xodimlarining xizmatlarini ham alohida e’tirof etish lozim. Aholi salomatligi, epidemiologik barqarorlikni ta’minlashda soha vakillari fidoiylik bilan, astoydil mehnat qilmoqdalar.
Buyuk o‘zgarishlar va yangilanishlar kutilayotgan shunday ulug‘ kunlarda barchangizni qutlug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan muborakbod etaman!
Salomatlik, tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman! Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!