Bosh sahifa / Maqolalar / Yangiliklar / CHANG BO‘RONLI KUNLARDA SALOMATLIKNI SAQLASH

CHANG BO‘RONLI KUNLARDA SALOMATLIKNI SAQLASH

Chang bo‘ronining xavfi:

Chang zarrachalari nafas yo‘llari, ko‘z va teriga salbiy ta’sir qiladi. 

Ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor shaxslar uchun xavfli. 

SHAXSIY HIMOYA CHORALARI: 

Niqob (tibbiy yoki respirator) taqish;

Ko‘zni himoya qilish uchun ko‘zoynak taqish; 

Tashqariga chiqishni cheklash;

Jismoniy zo‘riqishdan saqlanish. 

UYDA XAVFSIZLIK: 

Deraza va eshiklarni mahkam yoping; 

Nam tozalashni ko‘paytiring;

Xonani muntazam shamollating (chang pasayganda); 

Nam havo saqlash uchun idishda suv qo‘yish mumkin. 

SALOMATLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH:

Ko‘proq toza suv ichish; 

Vitaminlarga boy oziq-ovqat iste’mol qilish; 

Burunni tuzli eritma bilan chayish; 

Ko‘zni toza suv bilan yuvish. 

QACHON SHIFOKORGA MUROJAAT QILISH KERAK? 

Nafas qisishi;

Uzoq davom etuvchi yo‘tal; 

Ko‘zda qattiq achishish;

Bosh aylanishi yoki holsizlik. 

ALOHIDA E'TIBOR: 

Bolalar; 

Keksalar;

Astma, allergiya, yurak-qon tomir kasalligi borlar. 

Eslatma:

Ob-havo ogohlantirishlarini kuzatib boring va zarur holda uyda qoling.


10-02-2026, 12:01
← Ortga qaytish