Sil — bu asosan o‘pkaga ta'sir qiluvchi yuqumli kasallik.
Kasallikni Mycobacterium tuberculosis bakteriyasi keltirib chiqaradi.
Asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi
Yuqish yo‘llari
Yo‘tal, aksirish va gaplashish orqali havoga tarqaladi.
Yopiq ва shamollatilmaydigan joylarda yuqish xavfi yuqori.
Kasal odam bilan yaqin va uzoq muddatli aloqa.
Profilaktika choralari
1. Erta aniqlash
2 haftadan ortiq yo‘tal bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
Fluorografiya tekshiruvlaridan muntazam o‘ting.
2. Shaxsiy gigiyena
Yo‘talganda og‘iz ва burunni yopish.
Qo‘llarni tez-tez yuvish.
3. To‘g‘ri ovqatlanish
Immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar iste’moli.
Vitaminlarga boy ratsion.
4. Xonalarni shamollatish
Uy ва ish joylarini muntazam shamollatish.
Quyosh nuri tushishini ta'minlash.
5. BCG emlash
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga emlash majburiy.
Kasallikning og‘ir shakllaridan himoya qiladi.
Nimalarga yo‘l qo‘ymaslik kerak
Davolanmay yurish❗️
Shifokor tavsiyasisiz dori qabul qilish.
Kasallik alomatlarini yashirish
Muhim faktlar
Sil davolanadigan kasallik.
Davolanish to‘liq va uzluksiz bo‘lishi shart.
Profilaktika — kasallikning oldini olishda eng samarali usul.
Eslatma
Agar sizda uzoq davom etuvchi yo‘tal, holsizlik, tana vaznining kamayishi kuzatilsa — darhol tibbiy muassasaga murojaat qiling!