1. Ovqatlanishni tashkil etish
Bolalarning yoshi va fiziologik ehtiyojlariga mos ravishda to‘liq qiymatli ratsion tuzilishi lozim.
Odatda kunlik ovqatlanish 4–5 mahal tashkil etiladi.
Taomnoma turli xil va muvozanatlashgan bo‘lishi kerak.
Ratsion tarkibida oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar yetarli bo‘lishi shart.
2. Oziq-ovqat mahsulotlariga talablar
Barcha mahsulotlar sifat sertifikatiga va xavfsizlik hujjatlariga ega bo‘lishi kerak.
Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlardan foydalanish taqiqlanadi.
Mahsulotlar belgilangan haroratda saqlanishi lozim.
Sut, go‘sht, baliq va tuxum mahsulotlari maxsus (sovutgich) sharoitlarda saqlanadi.
3. Oshxona va ovqatlanish joylariga talablar
Oshxona binolari toza va ozoda saqlanishi kerak.
Ichimlik suvi sanitariya talablariga javob berishi lozim.
Idish-tovoqlar har bir ovqatlanishdan keyin yaxshilab yuvilib, epidemiologik vaziyatga qarab zararsizlantiriladi.
Xom va tayyor mahsulotlarga alohida ishlov berilishi shart.
4. Xodimlarga qo‘yiladigan talablar
Oshxona xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilinishi lozim.
Maxsus sanitariya kiyimlari (xalat, bosh kiyim, fartuk)da ishlash talab etiladi.
Yuqumli kasallik belgilari mavjud xodimlarning ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Tayyor taomlarga talablar
Taomlar belgilangan texnologiya asosida tayyorlanishi lozim.
Tayyor ovqatlarni uzoq vaqt saqlashga ruxsat etilmaydi.
Issiq taomlar belgilangan haroratda tarqatilishi kerak.
Har bir taomdan kunlik ovqat sinamasi olinadi va belgilangan muddat saqlanadi.
6. Bolalar salomatligini muhofaza qilish
Oziq-ovqatdan zaharlanishning oldini olish choralari ko‘riladi.
Ovqatlanish vaqtida sanitariya va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi nazorat qilinadi.
Ushbu talablar bolalarning sog‘lom o‘sishi, yuqumli kasalliklar va oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan.
Oyxon Xudoyberdiyeva
Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasi
bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘lim mudiri