Bosh sahifa / Maqolalar / Yangiliklar / Nega emlanish muhim?

Nega emlanish muhim?

Bilasizmi. Nega emlanish muhim?
Kasalliklarning oldini oladi: Eng muhimi vaksinalar tanadagi immun tizimini mustahkamlab, kasalliklardan himoya qiladi.
Yuqish zanjirini uzadi: Jamoaviy immunitet orqali virus va bakteriyalar tarqalishi kamayadi.
Asoratlarni oldini oladi: Emlanmagan odamlar kasallikdan og‘irroq holatda aziyat chekishi mumkin.
Jamiyat himoyasi: Emlanish olish orqali nafaqat o'zingiz, balki atrofingizdagilar, ayniqsa, chaqaloqlar, qariyalar va surunkali kasalligi bor insonlarni ham himoya qilasiz.

Emlanish – bu nafaqat o‘z salomatligingiz, balki butun jamiyatning farovonligi uchun qadamdir!
Sizning salomatligingiz – Sizning qo‘lingizda! O‘z vaqtida emlaning!



6-08-2026, 10:01
← Ortga qaytish