Bosh sahifa / Tadbirlar / Maqolalar / Yangiliklar / SAMARALI SEMINAR. NATIJA O‘ZINI OQLAYDI

SAMARALI SEMINAR. NATIJA O‘ZINI OQLAYDI

Toshkent shahrida YUNISEF xalqaro tashkiloti tomonidan “Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarni boshqarish, xavfdan ogoh etish va jamoatchilikni jalb etish” mavzusida joriy yilning 15-19 iyul kunlari bir haftalik o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdi.

Favqulodda vaziyatlarda hududiy va funksional quyi tizimlaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, sanoat va transportdagi halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) ahvol to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, natijaga qarab vaziyatni boshqarish, aholini xabardor etish, oqibatlarni bartaraf qilish borasida aniq, xalqaro tajribadan o‘tgan kompleks tavsiyalar, taktik yo‘nalishlar berildi. 

 

22-07-2024, 10:35
← Ortga qaytish