YUKEM AT - yuqumli kasalliklarning aniqlangan holatlarini qayd etish, hisobga olish va ularga javob qaytarish jarayonlarini avtomatlashtirish, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasini yagona tashkiliy, huquqiy tizimda epidemiologik vaziyatni markazlashtirilgan nazorat qilish va monitoringini ta’minlash uchun yaratilgan axborot tizimidir.
YUKEM ATni joriy etish natijasida: potensial o‘choqlarni aniqlash va baholash, epidemiologik monitoring va respublikadagi yuqumli kasalliklarning tabiy o‘choqlarida epidemiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda shaffoflik (100%) ta’minlanadi.
Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan amaliy seminarda mazkur platforma bilan ishlash ko‘nikmalari amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi. Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi bosh mutaxassisi U.Mirzayev, “Uzinfocom” tashkiloti mutaxassisi D.Eshonqulov hamda Sanepidqo’mning Navoiy viloyat boshqarmasi epidemiologiya bo’limi mudiri U.Komilov, AKT bo’yicha yetakchi mutaxassisi Z.Boboyevalar amaliy seminar o‘tkazmoqda.
Seminarda G’ozg’on shahar, Nurota, Navbahor va Xatirchi tuman bo’limlari mutaxassislari ishtirok etishdi.