Bosh sahifa / Tadbirlar / Maqolalar / Yangiliklar / Sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish

Sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish

2023 yil 17 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 avgustdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 472-sonli qarori ijrosi bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi Bolalar va o‘smirlar gigienasi bo‘limi mudiri Oyxon Xudoyberdieva ishtirok etdi. 

Seminarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish bo‘yicha 2022-2023 o‘quv yili mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi muhim vazifalar atroflicha muhokama qilindi.


26-05-2023, 10:40
← Ortga qaytish