Bosh sahifa / Yangiliklar / Maqolalar / 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami tabrigi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami tabrigi

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i Azimov Zafar Sayfiddinovichning 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tabrigi

Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar!


Hamkasblar!

Dunyoga zeb va oro berayotgan shunday bahor kunlarida Sizlarni go‘zallik, nafosat, yasharish bayrami bo‘lgan 8-mart bilan tabriklashdan mamnunman. Ayol hayotda onamiz, juftu halolimiz, opa-singlimiz, qizimiz bo‘lib yashaydi. Ayol kishi avvalo ona sifatida qadrlanadi. Qu’roni Karimning bir necha suralarida onani e’zozlashga, uning xaqqini ado etishga buyurilgan. Payg‘ambarimiz hadislarining birida “Jannat – onalar oyog‘i ostida” deb ulkan ibrat ko‘rsatib ketganlar. 

Hayotimizning ko‘rki va fayzi, jamiyat va oilaning ustuni, kelajak davomchilari, xonadonlarimiz malikalari bo‘lgan xotin-qizlarimizni hurmat qilish dono xalqimiz uchun azaldan yuksak qadriyat bo‘lib kelgan. Zero, sizlar bilan hayotimiz mazmunli, uylarimiz esa nurafshondir. Sizlar har bir sohada go‘zal ibrat va namuna ko‘rsatib kelasizlar.

Boshqarmamizning faoliyatida ham aziz opa-singillarimiz alohida o‘ringa ega. Ular o‘z aql-zakovati, tuganmas mehri va fidoyiligi bilan doimo barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar. Ularning bilimu tajribasi va tashabbuskorligiga biz har bir ishimizda tayanamiz. 

Uzoq yillar davomida biz bilan baqamti, yelkama-yelka ishlab kelayotgan, ustozlik maqomida bo‘lgan, sohaning sir-asrorlarini hijjalab o‘rgatgan hamkasblarimizga har qancha ehtirom ko‘rsatsak oz! Munis opa-singillarimizning bundan keyingi mehnat faoliyati ham unumli va barakali bo‘lsin. 

Aziz opa-singillar! 

Yana bir bor bugungi go‘zallik va nafosat bayrami bilan sizlarni samimiy qutlaymiz. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va farzandlaringizning kamolini tilab qolamiz. Rizqu nasibangiz hamisha ziyoda bo‘lsin! Bahor kayfiyati siz, azizlarga, doimo hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

7-03-2025, 11:20
← Ortga qaytish