Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat boʻlimi tomonidan tashkil etilgan davlat boshqaruv organlari oʻrtasida navbatdagi “ZAKOVAT” turniri joriy yilning 14-mart kuni Navoiy davlat universiteti axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtdi. Buyuk mutafakkir, davlat arbobi, shoirlar sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijod yoʻliga bagʻishlangan tafakkur musobaqasida Sanepidqoʻmita Navoiy viloyat boshqarmasi guruhi ham qatnashib, 3-oʻrinni egalladi.
Gʻoliblarga tashabbuskorlarning Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar bitilgan nodir kitoblari sovgʻa qilindi.