Bosh sahifa / Yangiliklar / Maqolalar / KOICA tashkilot bilan hamkorlik

KOICA tashkilot bilan hamkorlik

Mamlakatimizda yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemik vaziyatning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro institutlar, tashkilot hamda jamg‘armalar bilan mustahkam amaliy aloqalar, hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Koreyaning KOICA xalqaro tashkiloti bilan yuqumli kasalliklarga qarshi birgalikda kurashish, immunizatsiya jarayonlarini takomillashtirish masalalarida hamkorlik qilinmoqda.

Sanepidqo‘mita KOICA tashkilot bilan hamkorlikda 18-31-may kunlari “O‘zbekistonda kasalliklar xavfini kamaytirish uchun yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish salohiyatini kuchaytirish” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Bilim va tajribalarni oshirishga qaratilgan loyihada Sanepidqo‘mitaning bir guruh mutaxassislari hamda Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Zafar Azimov ham ishtirok etmoqda.


29-05-2025, 14:53
← Ortga qaytish