Vaksinatsiya (emlash) – bu sun’iy immunitet hosil qilish bo‘lib, organizmga patogen mikroorganizmlarning antigenini yuborib, kasallik chaqiruvchi infeksiyalardan himoyalanish usulidir. Organizmga mikroorganizm antigenini yuborgandan keyin unga qarshi maxsus antitelo ishlab chiqariladi. Vaksinatsiya profilaktika maqsadida va davolash maqsadida o‘tkaziladi. Vaksina, patogen mikroorganizmlarning tirik, lekin kuchsiz shtammlaridan tayyorlansa, samarasi yaxshiroq bo‘ladi (tahminan 10-15 %), o‘lgan mikroorganizmlar shtammlardan tayyorlangan vaksinalar organizm uzoq muddat immunitet hosil qilishini talab qiladi. Hozirgi zamonaviy tibbiyotda ikkala turdagi vaksinalar ham o‘tkaziladi, ayniqsa noaktiv (o‘lgan mikroorganizmlar) vaksina maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda ko‘p qo‘llaniladi.
Vaksina turlari Mikroorganizm xarakteriga ko‘ra
• Bakterial – tayyorlanish turi – tirik, kuchsizlantirilgan mikroorganizmlardan. Immunogen tabiatiga ko‘ra gen-injenerlik yo‘li bilan tayyorlangan vaksina.
• Maxsus hujayralarda bakteriya RNK si va oqsillari joylashtirilgan vaksina.
• Vektor vaksina yoki rekombinant – bakteriyaning oqsil sintez qiluvchi genini olib xavfsiz bakteriyaga joylashtiriladi va shu yo‘l bilan organizm emlanadi.
Virusli Virusli – tayyorlanish turi – o‘ldirilgan (noaktiv) vaksina. Immunogen tabiatiga ko‘ra- virionli vaksina-virus yoki bakteriyalardan o‘zini tiklash qobiliyati saqlnagan vaksina. Vaksinalar monovalent, ya’ni aynan bir konkret kasallik chaqiruvchi mikroorganizmga qarshi va polivalent bir necha vaksinalar qo‘shilishidan tayyorlangan preparat (masalan AKDS – adsorbsiyalangan ko‘k yo‘tal, difteriya, qoqsholga qarshi vaksina) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Emlash qanday olib boriladi?
Bolalarda emlash o‘tkazish bir necha usullar bilan olib boriladi:
Mushak orasiga – eng ko‘p tarqalgan, samarali emlash yo‘li. Bunda yuborilgan vaksina tez so‘rilib, immunitet hosil bo‘lishi va preparatga qarshi reaksiyalar bermaydi. Chunki mushaklar teridan ancha ichkarida bo‘lib, qon tomirlar bilan boy bo‘lgani sababli, immun tizimi vaksina haqida qisqa muddatda xabar topadi.
Vaksina yuborish texnikasi va joyi:
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda son mushagining uchdan bir qismi o‘rtasiga, ichki old sohasiga perpendikulyar (90 C) holatda ineksiya qilinadi.
2 yoshdan katta bolalarda yelka mushagining o‘rta qismiga, yon tomondan ineksiya qilinadi.
Shprits ignalari 1,5 sm dan uzun bo‘lmagani sababli dumba mushagi orqali emlagan ma’qul, bunda ineksiya mushak orasiga emas teri ostiga yuborilib qoladi. Peroral (og‘iz orqali) yutish yo‘li bilan enteroviruslarga qarshi vaksinalar yuboriladi, masalan tirik poliomiyelit (OPV) virusiga qarshi vaksina. Vaksina yuborish texnikasi va joyi: kerakli bo‘lgan vaksina tomchilari og‘izga tomiziladi, yoki kichik bo‘lak qandga tomizilib, bolaga yedirish kerak bo‘ladi. Bunda vaksinaning yoqimsiz ta’mini bola sezmaydi. Bunday emlash usuli qiyinchilik tug‘dirmaydi, lekin ayrim kamchiliklarga ega, dozalarni aniq berishda xotilkarga yo‘l qo‘yilishi mumkin yoki ichaklar tizimidan so‘rilishi qiyin bo‘lishi mumkin.
Teriga va teri ichiga ineksiya qilish – silga qarshi BSJ (Bacillus Calmette-Guerin), tirik qurutilgan tulyaremiya va suvchechakka qarshi vaksina kabilar. Boshqa turdagi vaksina preparatlari bu usul bilan o‘tkazilmaydi. Vaksina yuborish texnikasi va joyi: odatda teri ostiga vaksina yelka sohasi uchdan bir qismi terisiga yoki bilak sohasi terisiga qilinadi. Ineksiya o‘tkazish uchun maxsus ingichka ignali shprits yordamida qo‘llarga parallel ravishda yuboriladi. Muolajaning to‘g‘ri bajarilaganini terida oqish rang paydo bo‘lganidan bilib olish mumkin, ineksiya davomidayoq hosil bo‘la boshlaydi.
Teri osti ineksiyasi tirik va noaktiv vakasinalarni parotit (tepki), qizilcha, sariq isitma kabilar qilinadi.
Teri ostiga vaksinani yuborishning kamchiligi shundaki, organizmda shu kasallikka qarshi immunitet sekin hosil bo‘ladi, ayniqsa noaktiv vaksinalar yuborilgan bo‘lsa.