Bosh sahifa / Yangiliklar / Maqolalar / MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA SOGL‘OM OVQATLANISH

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA SOGL‘OM OVQATLANISH

Bolalar salomatligi va rivojlanishining asosi — to‘g‘ri ovqatlanish!

1. Ovqatlanish tartibi

4 mahal ovqatlanish tavsiya etiladi:

nonushta, tushlik, peshindan keyin gazak, kechki ovqat

Ovqatlanish vaqti doim bir xil bo‘lishi muhim.

Har bir taom bolalar yoshi va fiziologik ehtiyojiga mos bo‘lishi kerak.

2. Ratsion tarkibi

Sut va sut mahsulotlari — suyak va tishlar uchun kaltsiy manbai.

Go‘sht, baliq, tuxum — oqsil va temir manbai.

Sabzavot va mevalar — vitaminlar va tolalar manbai.

Don mahsulotlari — energiya beradi.

Suyuq ichimliklar — toza suv, kompot, sharbatlar.

3. Cheklanishi kerak bo‘lgan mahsulotlar

Shakarli ichimliklar, chips, fast-fudlar.

Haddan tashqari yog‘li va qovurilgan taomlar.

Qandolat mahsulotlarini me’yorda iste’mol qilish.

4. Sanitariya va gigiyena

Ovqat tayyorlashda tozalik va xavfsizlik qoidalariga amal qilish.

Mahsulotlar yaroqlilik muddati va saqlash sharoitiga qarab ishlatiladi.

Bolalarga qo‘l yuvish odati o‘rgatiladi.

5. Tavsiya

Har kuni menyu muvozanatli, rang-barang va foydali bo‘lishi kerak.

Sog‘lom ovqatlanish — sog‘lom avlod kaliti!

17-10-2025, 13:05
← Ortga qaytish