Joriy yilning 18-oktabr kunida Gʻozgʻon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassisi, hamda shahar tibbiyot birlashmasi mutaxassislari va Navoiy shahar malaka oshirish oʻqituvchilari bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi. Unda shahar hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralarining ishtiroki ta’minlandi.
Seminar tashkil qilinishidan asosiy maqsad bolalar ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil etish, taomnomani muvozanatli va to‘yimli shakllantirish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat qilish hamda gigiyenik talab va sanitariya me’yorlariga qat’iy rioya etishidir.
Sanepidqoʻmita Gʻozgʻon shahar boʻlimi Axborot xizmati.