Bosh sahifa / Yangiliklar / Maqolalar / OSH TUZINI YODLASH

OSH TUZINI YODLASH

 

OSH TUZINI YODLASH YOD TANQISLIGINING OLDINI OLISHNING ENG SAMARALI YO‘LI

Yod nima uchun kerak?

Yod — qalqonsimon bez faoliyati uchun muhim mikroelement. U:

moddalar almashinuvini tartibga soladi;

aqliy va jismoniy rivojlanishni ta’minlaydi;

immunitetni mustahkamlaydi.

Yod tanqisligi oqibatlari:

qalqonsimon bez kasalliklari (zob);

bolalarda aqliy rivojlanishning sekinlashishi;

xotira va diqqatning pasayishi;

homilador ayollarda xavfli asoratlar.

Nega aynan osh tuzi yodlanadi?

har kuni iste’mol qilinadi;

hamma uchun qulay va arzon;

aholining barcha qatlamini qamrab oladi.

Yodlangan tuz — yod yetishmasligini oldini olishning eng samarali va xavfsiz usuli.

Yodlangan tuzni qanday ishlatish kerak?

Faqat yodlangan tuz xarid qiling;

Tuzni quruq va yopiq idishda saqlang;

Taomga ovqat pishish oxirida soling.

Eslatma:

Kunlik meyorda yodlangan tuz iste’moli:

yod tanqisligini kamaytiradi;

sog‘lom avlod kamolotiga xizmat qiladi.

Sog‘lom ovqatlanish — sog‘lom hayot garovi!

12-02-2026, 16:11
← Ortga qaytish