Bosh sahifa / Yangiliklar / Maqolalar / AMALIY VA FOYDALI SEMINAR

AMALIY VA FOYDALI SEMINAR

Navoiy shahridagi “Kamilla” mehmonxonasida Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi tashabbusi hamda UNOPS xalqaro tashkiloti hamkorligida viloyat boshqarmasi tizimidagi epidemiologiya mutaxassislari uchun YUKEM (Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi) axborot tizimi bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

18–19-may kunlari davom etadigan mazkur seminar bugun o‘z ishini boshladi. Unda hududlarda faoliyat yuritayotgan epidemiolog mutaxassislar YUKEM axborot tizimidan samarali foydalanish, yuqumli kasalliklarni elektron monitoring qilish hamda ma’lumotlarni tezkor va aniq yuritish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

Seminar davomida tizimning imkoniyatlari, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash tartibi hamda epidemiologik nazorat samaradorligini oshirishga oid muhim  masаlalar muhokama qilinmoqda. 

 

19-05-2026, 09:27
← Ortga qaytish