Bosh sahifa / Yangiliklar / Tadbirlar / Maqolalar / Emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda

Emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda

 

Viloyat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash maqsadida Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tashabbusi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda "Navoiy viloyatida 2026–2027-yillarda virusli gepatit A kasalligiga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi" ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Natijada 2026-yilning o'tgan 6 oyi davomida virusli gepatit A bilan kasallanish ko'rsatkichi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 70,7 foizga kamaydi.

Targ‘ibot va tushuntirish ishlarining ko‘lamdorligi natijasida hisobot davrida 6 812 nafar 14 yoshgacha bo'lgan bolalar gepatit A ga qarshi emlandi. Shuningdek, bemorlar bilan muloqotda bo'lgan 2 840 nafar fuqaro laboratoriya tekshiruvidan o'tkazilib, kasallik aniqlangan 5 nafar bemor o'z vaqtida shifoxonaga yotqizildi.

Kasallik o'choqlaridan olingan 108 ta suv namunasi virusologiya laboratoriyasida tekshirildi. Navoiy viloyati hokimligi ko'magida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan, nogironligi bo'lgan hamda kasallanish xavfi yuqori bo'lgan 2–14 yoshli bolalarni bepul emlash uchun 2 820 doza gepatit A vaksinasi xarid qilinib, emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.


 

9-07-2026, 10:41
← Ortga qaytish