Bosh sahifa / Yangiliklar / Tadbirlar / Maqolalar / VAKSINALAR VA EMLASH QAMROVINI ELEKTRON REESTRI AMALIYOTGA JORIY ETILADI

VAKSINALAR VA EMLASH QAMROVINI ELEKTRON REESTRI AMALIYOTGA JORIY ETILADI

YUNISEF tashkiloti, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro va Navoiy viloyatlari hududiy boshqarmalari immunizatsiya ishlariga mas’ul mutaxassislar ishtirokida VLMIS-kompyuter dasturida vaksinalar va emlashlar qamrovini elektron reestrini sog‘liqni saqlash tizimida amaliyotga tadbiq etish mavzusiga  bag‘ishlangan seminar yig‘ilish   o‘tkazildi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiningNavoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.D.Rustamov ochib berdi.

Shundan so‘ng YUNISEF tashkiloti mutaxassislari VLMIS-dasturida vaksinalar va emlashlar qamrovini elektron reestrini yuritish to‘g‘risida batafsil tushuntirib berishdi.

 

11-07-2023, 09:40
← Ortga qaytish