JAZIRAMA ISSIQDAN O‘ZINGIZNI ASRANG!

Yoz faslida odamlar issiq, quruq va quyoshli ob-havodan panoh izlab qoladi. Qishloqlarda yashovchilar issiqdan daraxtlar soyasida, uylarida yoki suv havzalari yonida jon saqlashlari mumkin. Ammo bunday paytda shahar aholisi ancha qiynalib qoladi, chunki shaharlarda transport ko‘p harakatlanadi, ishlab chiqarish rivojlangan. 

Jazirama kunlarda birinchi navbatda boshni quyosh nuridan asrash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bosh miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari o‘tgan bo‘lib, kunning issiq vaqtida bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanaga issiq qon aylanib, insonlarni oftob urishiga olib kelishi mumkin.

Buning oqibatida tana harorati ko‘tarilishi, terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va pulsni tezlashishi, yurakning tez urishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish holatlari kuzatiladi.

Issiqda suvsizlanishni oldini olish uchun ko‘proq toza suv ichish kerak, suvning asosiy qismini kechqurun va ertalab ichish yaxshiroqdir. Chunki bu vaqtda organizm to‘qimalarda namlikni saqlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Issiq havoda esa ozroq suv ichib, muzqaymoq yoki sabzavot va mevalar (pomidor, tarvuz, bodring va h.k) iste’mol qilish foydali.

Issiq kunlarda oddiy suv ichish yetarli emas, tarkibida kaliy, kalsiy va magniy bo‘lgan mineral suvdan foydalanish yaxshiroqdir. Gazli ichimliklar va limonadlardan esa voz kechish lozim. Ular issiqda yoqimli tuyulgani bilan, buyrak va jigarni ishdan chiqarishi mumkin. Chunki issiq ob-havo paytida buyraklardagi yuklamalar keskin ortadi. 

Issiq kunlarda ko‘proq sovuq taomlar kuniga 5 mahal oz-ozdan ovqat iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ovqatlangandan so‘ng, 30 daqiqa davomida suv ichish mumkin emas. Shuningdek, issiq ovqatlar o‘rniga sovuq ovqatlar iste’mol qilish maqsadga muvofiq, masalan, okroshka va sovuq sabzavotli sho‘rvalar, baliq va sabzavotlar mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish kerak, yog‘li go‘sht va sut mahsulotlarini iste’mol qilishdan cheklanish lozim. Sutli mahsulotlar yoki boshqa oziq-ovqat mahsulotlarni xarid qilganda rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste’molga yaroqlilik muddati o‘tib ketgan mahsulotlarni xarid qilmaslik kerak.

Barcha organlarning normal ishlashi uchun yotishdan oldin og‘ir ovqatlar iste’mol qilishdan voz kechish kerak bo‘ladi, chunki uni hazm qilish orqali tana haroratining oshishi va ko‘p terlash kuzatilishi mumkin. 

Shuningdek, havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan, keng tikilgan va tanaga yopishib turmaydigan kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi.

Issiq kunlarda ko‘proq iliq dush qabul qilish yaxshiroqdir, chunki undan keyin havo harorati mavjud bo‘lganidan pastroq ko‘rinadi. Shuningdek, issiqda sovuq suvga sho‘ng‘ish tavsiya etilmaydi. Tana haroratining keskin pasayishi yurak-qon tomirlari spazmini keltirib chiqarishi yoki sovuq suvda yuvinish tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib kelishi mumkin.

O‘ta issiqlik tanamizga qanday ta’sir qiladi?-degan savol tug‘ilishi tabiiy albatta.

Tana qizib ketganda qon tomirlar kengayadi, bu esa qon bosimini pasaytiradi va yurakni butun tanaga qon yetkazishi uchun ko‘proq ishlashga majbur qiladi. Bu qichishish yoki qon tomirlarining qayishqoqligi kamayishi natijasida oyoqlarning shishishi kabi yengil alomatlarga olib keladi. Shu bilan birga, terlash suyuqlik va tuzlarning yo‘qolishiga va eng muhimi ular orasidagi muvozanatni o‘zgarishiga olib keladi. Bu past qon bosimi bilan birgalikda issiq urishiga sabab bo‘lishi mumkin, uning simptomlari: bosh aylanishi; ko‘ngil aynishi; hushdan ketish; lanjlik; mushaklar spazmi, bosh og‘rig‘i, kuchli terlash;charchoq hissi.

Agar qon bosimi tushsa, yurak xuruji xavfi ortadi. Nega tanamiz issiqqa bunday javob qaytaradi? Tanamiz issiqlik to‘lqinida yoki qor bo‘ronida bo‘lishimizdan qat’iy nazar, ichki haroratni 37,5° S atrofida saqlashga intiladi. Bu bizning tanamiz moslashgan haroratdir!

Issiqdan qanday himoyalanish kerak? 

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligining maslahatlari: 

-  Salqinlashga qiynalayotganlarga, keksalar, surunkali kasalliklari borlar va yolg‘iz yashovchilarga e’tibor bering;

-  Quyoshga qaragan xonalarga pardalarni yopib, xonani salqin tuting;

-  Ko‘p suyuqlik iching ammo gazli va spirtli ichimliklarni emas;

-  Hech kimni, ayniqsa chaqaloqlarni, kichik bolalarni va hayvonlarni qulflangan transport vositasida qoldirmang;

-  Soat 11:00dan 15:00gacha quyosh nurlari eng kuchli bo‘lgan vaqtda salqinda bo‘ling;

-   Soyada qoling, yuqori SPF va UVA darajasiga ega quyosh kremidan foydalaning va keng soyabonli shlyapa kiying;

-   Kunning eng issiq vaqtida jismoniy mashqlar qilishdan saqlaning;

-  Sayohatda bo‘lsangiz, o‘zingiz bilan suv oling.

Hurmatli hamyurtlar! Issiq kunlarda o‘zingizni va oila a’zolaringizni ehtiyot qiling, zarurat tug‘ilmasa ko‘chaga chiqmang, shifokor tavsiyasiga amal qiling.


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni