BRIFING

Assalomu alaykum hurmatli fuqarolar, tadbirkorlar hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida xizmat qilayotgan mutaxassislar!

Barchamizga ma’lumki, Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Davlatimiz rahbari ushbu illatning naqadar xavfli ekanligini takror va takror ta’kidlashi bejiz emas.

Tahlillarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali va ta’sirchan yo‘li bu – faoliyatning har bir bosqichida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashdir.

Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va uning tuman/shahar bo‘limlarida ham ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi:

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tashkil etildi;

Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom kabi yana 11 ta idoraviy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi;

Korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun “ishonch telefoni», ijtimoiy tarmoqlarda telegramm, Facebook aloqa kanallarining, elektron pochta manzillari, rasmiy veb-saytning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Korrupsiyaviy xavf-xatarlar, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish masalalari, xodimlarning odob-axloq qoidalari kabi mavzular bo‘yicha xodimlarning huquqiy bilimlari oshirildi. Viloyat bo‘yicha 1458 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, 2 marotaba gazetada maqola chop etildi;

Xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga, xodim mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik kabi qator majburiyatlar bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxati, ayrim funksiyalar bo‘yicha xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi, korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan xodimlar faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalarining ro‘yxati, korrupsion xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, ijroga qaratildi;

Boshqarma va uning tuman/shahar bo‘limlarining barcha xaridlari «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, davlat xaridlarining maxsus elektron portali orqali amalga oshirilmoqda.

Sohadagi tadbirlar to‘g‘risidagi tafsilotlar, muntazam ravishda internet tarmog‘idagi rasmiy veb-sayt, Facebook va telegram kanallarda, shuningdek, boshqa OAVda yoritib kelinmoqda;

Ishga qabul qilish jarayonlari ochiq, oshkora va shaffof tanlov asosida tashkil etildi;

Boshqarma hamda uning tuman/shahar bo‘limlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz! mavzusida davra suhbati, “9-dekabr – Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimidagi xodimlari "Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari" mavzusida o‘quv-kursida ishtirok etishdi va 78 nafar xodim sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi bilan hamkorlikda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida maxsus o‘quv kursi tashkil etildi va 4 nafar xodimlar sertifikatga ega bo‘lishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va uning quyi tizimidagi muassasalar xodimlari tomonidan qonun buzilishiga doir holatlar yoki ijtimoiy soha obektlarida xususan davolash-profilaktika hamda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, jumladan ruxsatnomalar va mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa olish jarayonida noqonuniy harakatlarni ko‘rsangiz, sezsangiz va guvoh bo‘lsangiz, boshqarmaning quyidagi  79/ 220 30 15 hamda qisqa 1354 raqamli aloqa tizimi orqali xabar berishingizni so‘raymiz!

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Ishonch telefonlari" orqali qabul qilish haftaning dam olish  kunlari (shanba va yakshanba)dan tashqari  soat  8:00  dan 17:00 gacha  amalga oshiriladi.

Unda fuqarolar Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda tuman/shahar bo‘limlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy hatti-harakatlar, shuningdek sohaga doir sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.

Agar berilayotgan ma’lumotlar yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bilan bog‘liq bo‘lmasa yoki sanitariya-epidemiologiya faoliyatiga daxldor bo‘lmasa, u holda ma’sul xodim tomonidan uning xabari yuzasidan qaerga murojaat qilish kerakligi bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.

Murojaatlar anonimligi va qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.

Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va rahbariyatga kiritiladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda muddatida ko‘rib chiqiladi.

Ishonamanki, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi jamoasi, barcha ishchi va rahbar xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik hamda idoraviy hujjatlarga, shuningdek, kasbiy odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlar majmui hamda idoraviy hujjatlari ijrosini so‘zssiz ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha shaxsan namuna bo‘lishadi.

Boshqarmaga bog‘lanish uchun:

Ishonch telefoni (79) 220 30 15

Qo‘shimcha ravishda qisqa raqam 1354

Veb sayt – https://sanepidnavoiy.uz

Telegramm kanal - https://t.me/sanepid_navoiy

Facebook dagi aloqa kanali - https://www.facebook.com/sanepid.navoiy

https://www.facebook.com/100088074699876/videos/2710365582463110/

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni