KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA MUROJAATI

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Rustamov Baxtiyor Djabbarovichning Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida fuqarolar, tadbirkorlar va soha mutaxassislariga murojaati

Assalomu alaykum hurmatli fuqarolar, tadbirkorlar va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida xizmat qilayotgan mutaxassislar!

Barchamizga ma’lumki, Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Davlatimiz raxbari ushbu illatning naqadar xavfli ekanligini takror va takror ta’kidlashi bejiz emas.

Tahlillarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali va ta’sirchan yo‘li bu – faoliyatning har bir bosqichida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashdir.

Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va uning tuman/shahar bo‘limlarida ham ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi:

1.       Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tashkil etildi;

2.       Boshqarmaning korrupsiyaga karshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom kabi yana 11ta idoraviy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi;

3.       Korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun “ishonch telefoni», ijtimoiy tarmoqlarda telegramm, Facebook aloqa kanallarining, elektron pochta manzillari, rasmiy veb-saytning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

4.       Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Korrupsiyaviy xavf-xatarlar, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish masalalari, xodimlarning odob-axloq qoidalari kabi mavzular bo‘yicha xodimlarning huquqiy bilimlari oshirildi, viloyat bo‘yicha 88 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari, 2 marotaba gazetada maqola chop etildi;

5.       Xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga, xodim mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik kabi qator majburiyatlar bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi;

6.       Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxati, ayrim funksiyalar bo‘yicha xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi, korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan xodimlar faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalarining ro‘yxati, korrupsion xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, ijroga qaratildi;

7.       Boshqarma va uning tuman/shahar bo‘limlarining barcha xaridlari «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, davlat xaridlarining maxsus elektron portali orqali amalga oshirilmoqda.

8.       Sohasidagi tadbirlar to‘g‘risidagi tafsilotlar, muntazam ravishda internet tarmog‘idagi rasmiy veb-sayt, boshqa sahifalarda hamda shuningdek, boshqa OAVda yoritib kelinmoqda;

9.       Ishga qabul qilish jarayonlari ochiq, oshkora va shaffof tanlov asosida tashkil etildi;

10.   Boshqarma hamda uning tuman/shahar bo‘limlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz! mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

11.   O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimidagi xodimlari "Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari" mavzusida o‘quv-kursida ishtirok etishdi va 82 nafar xodim sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Sizga Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda tuman/shahar bo‘limlari xodimlari tomonidan qonun buzilishiga doir holatlar yoki Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda tuman/shahar bo‘limlari xodimlarining noqonuniy harakatlari ma’lum bo‘lsa boshqarmaning quyidagi raqamga xabar berishingizni so‘raymiz!

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Ishonch telefonlari" orqali qabul qilish haftaning dam olish  kunlari (shanba va yakshanba)dan tashqari  soat  8:00  dan 17:00 gacha  amalga oshiriladi.

Unda fuqarolar Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda tuman/shahar bo‘limlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy hatti-harakatlar, shuningdek sohaga doir sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.

Agar berilayotgan ma’lumotlar yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bilan bog‘liq bo‘lmasa yoki sanitariya-epidemiologiya faoliyatiga daxldor bo‘lmasa, u holda ma’sul xodim tomonidan uning xabar yuzasidan qaerga murojaat qilish kerakligi bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.

Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi.

Qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.

Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va rahbariyatga kiritiladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda muddatida ko‘rib chiqiladi.

Ishonamanki, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi jamoasi, barcha ishchi va rahbar xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilangan amaldagi qonunchilik hamda idoraviy hujjatlarga, shuningdek, kasbiy odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlar majmui hamda idoraviy hujjatlari ijrosini so‘zssiz ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha shaxsan namuna bo‘lishadi.

Ishonch telefoni (79)2203015

Veb sayt – https://sanepidnavoiy.uz

Telegramm kanal - https://t.me/sanepid_navoiy

Facebookdagi aloqa kanali - https://www.facebook.com/sanepid.navoiy

Rustamov Baxtiyor Djabbarovich,

O'zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi

qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni