Kiberqalloblikdan ehtiyot bo‘laylik!

Bugun Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida Navoiy shahar Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori, katta leytenant Aziz Salimov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili Yodgor Yo‘ldashov, Navoiy shahar Raqamlashtirish boshqarmasi xodimi Jamshid Qayumovlar ishtirokida kiberxavfsizlik, kiberjinoyatchilikdan saqlanish, jinoyat xususiyatlari, javobgarlik va shunga oid masalalar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

BMT ekspertlari tavsiyalariga ko‘ra, "kiber jinoyat" termini kompyuter tizimi yoki tarmoq ѐrdamida amalga oshirilgan, kompyuter tizimi yoki tarmoqqa qarshi sodir etish mumkin bo‘lgan har qanday jinoyatni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, kiber jinoyat elektron muhitda sodir etilgan har qanday jinoyat bo‘lishi mumkin.

Internet global ijtimoiy tarmog‘i taraqqiy etib borgani sayin, u orqali odamlarni aldab, firibgarlik orqali pul topuvchilar soni ortib bormoqda. Har kuni qanchalab insonlar kiberjinoyat qurboniga aylanmoqda, qanchalab tinch oilalar buzilib, nechtalab zamondoshlarimiz o‘z jonlariga qasd qilyapti. 

Statistik ma’lumotlarga nazar soladigan bo‘lsak, 2024 yilga kelib, kiber jinoyatlardan moliyaviy yo‘qotishlar deyarli 70% ga yetadi. Juniper Research tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, zarar har yili o‘rtacha 11 foizga oshadi va 2024 yilga kelib 5 trillion dollardan oshishi prognoz qilingan. O‘tgan yili mutaxassislar kiber jinoyatlardan yetkazilgan zararni 3 trillion dollarga baholashgan.

2022 yilgi tahlillarga ko‘ra, dunyoda har yili 500 milliondan ortiq kiber hujumlar uyushtiriladi. Har soniyada 12 nafar insondan biri kiber makonda sodir etilgan hujumlar qurboniga aylanadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Fransiya, Angliya, Germaniya, Belgiya, Luksemburg kabi rivojlangan davlatlarda jinoyatlarning 60-65 foizi kiber hujumlar orqali sodir etilmoqda. O‘zbekistonda ham so‘nggi uch yilda bu turdagi jinoyatlar 8,3 baravarga ko‘payib, hozirda umumiy jinoyatchilikning qariyb 5 foiziga yetgan.

Xususan, noqonuniy bank-moliya operatsiyalari orqali o‘zgalarning plastik kartadagi mablag‘larini o‘zlashtirish, zararli viruslar tarqatish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar, diniy aqidaparastlikka qaratilgan axborot xurujlari, onlayn savdo maydonidagi firibgarlik jinoyatlari ko‘payib bormoqda.

Uchrashuv yakunida qatnashchilarga eslatma materiallar tarqatildi.

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni