Epidemiologiya bo‘limi

Yuqumli kasalliklar o‘chog‘larida sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda surishtiruv ishlarini tashkillashtiradi va ishtirok etadi, hamda sanitariya-gigienaga oid va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, epidemiologik nazorat olib borishni amalga oshiradi.

Axolining sanitariya madaniyati darajasini oshirish maqsadida barcha ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda fuqarolarni sanitariya-gigienik o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Tarmoqning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli asosda joriy etadi.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida Navoiy viloyatida davlat siyosatini yuritish, dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta’minlaydi.

Yuqumli kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigienik tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya ishlarini olib boradi.

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni