O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi tizimiga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi O‘RQ-788-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5843-sonli Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” vacancy.argos.uz ga joylashtiriladi.
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi tizimiga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar)ga ishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish:
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali vacancy.argos.uz orqali amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon:
(79) 220-30-15